Buxoroda quduqqa tushib ketgan qiz vafot etdi

Olam

image

Kecha, 15 aprel kuni Buxoro viloyati Olot tumanida joylashgan 28-maktabning 3-sinf o‘quvchisi quduqqa tushib ketib, vafot etdi.  Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Bildirilishicha, kecha, 15 aprel kuni soat taxminan 14:00 lar atrofida Olot tumanidagi 28-maktabning 3-sinf o‘quvchisi maktabga qo‘shni xonadon hovlisida joylashgan eski quduqqa ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan va qiz vafot etgan. Uni qutqarishga uringan maktab qorovuli ham mazkur quduqqa tushib ketib, ahvoli og‘irlashib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, voqea joyiga mas’ul xodimlar va boshqa tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqib o‘rgangan.

“Hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilib, quduq ichida joylashgan qora rangli botqoq suyuqligidan namuna olindi, tuman tibbiyot birlashmasida murda tashqi ko‘zdan kechirilib, sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazildi”, deyiladi  Hayot Shamsutdinov taqdim etgan axborotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Payariq tumanida 16 yoshli bola daraxt yiqitish jarayonida vafot etgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro quduq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing