Buxoroda qiz o‘zini 7 qavatli uydan tashlashga urindi
3-sahifa
−
22 fevral 2022
8299Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda o‘zini yetti qavatli uyning tomidan tashlashga uringan qiz qutqarilgani haqida videoyozuv tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsiddinov izoh berdi.
Aniqlanishicha, bugun, 22 fevral kuni soat taxminan 11:30 da 2006 yilda tug‘ilgan qiz onasi bilan janjallashib, uni qo‘rqitish maqsadida 7 qavatli uyning tom qismiga chiqqan.
Xabarga asosan hodisa joyiga tezkor-tergov guruhi yetib borgan va ichki ishlar xodimlari tomonidan qiz ushbu uyning tom qismidan tushirilgan.
Qiz bilan suhbat o‘tkazgan psixolog o‘z tushuntirishida, qizning o‘z joniga qasd qilish maqsadi bo‘lmaganini, boshqalarning e’tiborini o‘ziga jalb qilish maqsadida tomga chiqqanini, shu sababli 1 soat davomida tomda o‘z joniga qasd qilmasdan qolib ketganini bildirgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
LiveBarchasi