Buxoroda qamishzordagi yong‘inni o‘chirishga 100 dan ortiq odam va vertolyot jalb qilindi

3-sahifa

image

Joriy yilning 24 avgust kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanidagi qamishzorda yong‘in yuz berdi. Uni o‘chirishga 100 dan ortiq odam jalb qilindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Vazirlikka ko‘ra, chorshanba kuni Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Buxoro viloyati Peshku tumanidagi Qoraqir massivi hududidagi qamishzorda yong‘in  bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Ushbu maydon aholi punktlaridan uzoqda joylashgani sababli aholiga va ularning mol-mulklariga xavf solmagan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining 107 nafar xodimdan iborat yong‘in-qutqaruv brigadalari zudlik bilan yong‘in joyiga yetib borgan. Yong‘in chuqur botqoqlik hududida bo‘lganligi sababli yong‘in-qutqaruv texnikalaridan foydalanishning imkoni bo‘lmagan. Shu sababli yong‘in qo‘lda ishlatiladigan asbob-anjomlar orqali bartaraf etilgan.

Kecha, 25 avgust kuni yong‘inni o‘chirishga Mudofaa vazirligining maxsus vertolyoti ham jalb etilgan. 

“Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, (25 avgust holatiga – tahr.) yong‘in 100 gektar maydonni qamrab olgan bo‘lib, uning 80 foizini o‘chirishga erishilgan. Yaqin soatlar ichida yong‘in to‘liq o‘chiriladi”, deyilgan vazirlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Buxoro

Baholaganlar

165

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing