Buxoroda 25 bolani olib ketayotgan Spark to‘xtatildi (video)

Jamiyat

image

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida Spark mashinasiga 25 nafar bolani mindirib olgan ayol to‘xtatib qolindi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, xususiy bog‘chada ishlovchi haydovchi ayol bolalarni uylariga shu tarzda olib ketayotgan vaqtda viloyat yo‘l harakati inspektorlari tomonidan to‘xtatib qolingan. 

Yuqoridagi kadrlarda bolalarning kamida besh nafari old o‘rindiqda, uch nafar bola yukxonada, qolganlari esa orqa o‘rindiq va ular oralig‘idagi joyda ketayotganini ko‘rish mumkin.

Mazkur holat yuzasidan haydovchining mahallasida mas’ullar va keng jamoatchilik bilan muhokama qilingan. Biroq manbada haydovchiga nisbatan qanday jazo chorasi qo‘llanilgani haqida ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro G'ijduvon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing