Buxoroda gaz portlashi oqibatida bir oilaning 2 a’zosi vafot etdi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida gaz portlashi oqibatida bir oilaning 2 a’zosi vafot etdi, yana 2 nafari kuyish jarohatini oldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Joriy yilning 17 noyabr kuni Jondor tumanidagi xonadonlardan birida gaz portlagan. Oqibatda oilaning 4 nafar a’zosi kuyish jarohatini olgan, xususan 41 yoshli ota va ona vafot etgan, ularning qizlari esa kuyish jarohatini olgan.

Mazkur holat yuzasidan 22 noyabr kuni Jinoyat kodeksining  259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024 yil boshidan bugungi kunga qadar O‘zbekistonda gaz bilan bog‘liq jami 74 ta (2023 yilda 86 ta) holat sodir bo‘lgan, oqibatda 82 kishi (88) vafot etgan, 80 kishi (119) turli darajadagi tan jarohatlarini olgani xabar qilingandi. Ayrim holatlarda dudburon nosozligi oqibatida oilaning barcha a’zolari is gazidan zaharlanib, vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing