Buxoroda fohisha 40 erkakka qasddan OITS yuqtirgani aniqlandi

3-sahifa

Buxoroda fohisha ayol 40 nafar erkakka OITS kasalligini qasddan yuqtirgani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyat IIBga ko‘ra, 2017 yilda pala-partish jinsiy hayot kechiruvchi qizda OITS kasalligi aniqlangan. U belgilangan tartibda dispanser nazoratiga olingan va o‘zidagi kasallikni bila turib, o‘zgalarga qasddan yuqtirmaslik haqida ogohlantirilgan. Ammo bedavo dardga chalinganini bilganiga qaramay, ayol betartib jinsiy hayotini davom ettirgan va endi mijozlari orasida eng puldorlarini tanlay boshlagan.

“Sog‘lom hayot” tezkor profilaktik tadbirlari davomida Buxoro viloyatida joylashgan tungi ko‘ngilochar bar, kafe, restoran, spa-salon, sauna va massajxonalarda o‘tkazilgan reydlar davomida Buxoro viloyati OITSga qarshi kurash markazida OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinib, boshqa shaxsga kasallik yuqtirgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasi bilan jazoga tortilishi bo‘yicha ogohlantirilib, tilxat olingan bo‘lsa-da, betartib hayot kechirib, fohishalik bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxs aniqlandi. Moddiy manfaat evaziga mijozlarga intim xizmat ko‘rsatib kelib, o‘zidagi OIV infeksiyasini yuqtirganlikda gumonlanib, mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tergov organlariga yuborildi”, deydi Buxoro viloyati IIB tezkor xodimi.

Shu tariqa qariyb turt yil davomida qiz OITS kasalligini qasddan o‘z mijozlariga yuqtirishga harakat qilgan va buning uddasidan chiqqan. Olib borilgan o‘rganishlar birgina shu bemor 40 ga yaqin insonga OITS kasalligini qasddan yuqtirgani aniqlangan. Ta’kidlanishicha, u bilan aloqaga kirishib o‘ziga bu bedavo dardni yuqtigan erkaklar esa oilali, natijada ularning turmush o‘rtog‘iga virus yuqqan.

Huquqni muhofaza qilish idoralari kuzatuviga olinib, o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar sabab yana o‘nlab erkaklar ajal urug‘ini tarqatayotgan bu ayol turidan omon qolishgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 113-moddasining 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan. Tergov harakatlari yakunida jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchiga nisbatan 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

OITS

Baholaganlar

559

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing