Buxoroda firibgarlik bilan pul undirgan o‘qituvchi ushlandi
Jamiyat
−
29 aprel 2023
6423Buxoro viloyatida o‘qituvchi ingliz tili darajasini belgilovchi sertifikatni olib berishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan 500 AQSH dollarini undirib olgan. Bu haqda Viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Buxoro viloyati Peshku tumanidagi 1-sonli IDUM ingliz tili fani o‘qituvchisi ayni shu tumanning “Sadir” mahallasida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan B.Z. boshqa bir fuqaroni aldab, unga “Linguasikll” sertifikati “V2” ingliz tili darajasini belgilovchi sertifikatni olib berishni va’da qilgan. Sertifikat uchun o‘qituvchi tomonidan firibgarlik yo‘li bilan 500 AQSH dollari olingan.
Firibgarlik yo‘li bilan olgan pullaridan 200 AQSH dollarini joriy yilning 24 aprel kuni turmush o‘rtog‘i M.Sh. orqali Peshku tumanining “Mustaqillik” mahallasi hududida qaytarib berayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi