Buxoroda firibgarlar guruhi ushlandi

3-sahifa

image

Buxoro shahrida firibgarlik jinoyatini sodir etgan guruh aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro Sh.Sh. aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini qo‘lga kiritish maqsadida tanishlari Sh.Q. va Sh.M.lar bilan o‘zaro jinoiy til biriktirgan. 

U va uning sheriklari 2022 yilda G‘.N. tomonidan “Kapitalbank” ,dan Lacetti mashinasini kreditga olinganini va taqiqda turganini oldindan bila turib, ushbu avtomashinani P.Sh. ismli fuqaroga 3900 AQSH dollarga sotib yuborgan. Ular ushbu pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida sarflab, belgilangan muddat ichida avtomashinani rasmiylashtirib bermasdan, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirgi kunda ushbu jinoiy guruhning boshqa xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.‌‌


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Buxoro firibgarlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing