Buxoroda erkak bilan jinsiy aloqa qilgan OIV kasalligi bor ayolga jinoiy ish ochildi

3-sahifa

image

OIV infeksiyasi bedavo xastalik. Ammo, afsuski, jamiyatda dardi bedavoga chalinganini bila turib, uni boshqalarga ham yuqtirish holatlari uchrab turibdi. Shunday holatlardan biri Buxoro viloyatida aniqlandi.

IIV xabariga ko‘ra, Vobkent tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan S.D. ismli ayol, 2019 yilning may oyidan beri OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida viloyat OITSga qarshi kurashish Markazi tomonidan ro‘yxatga olinib, OIV infeksiyasini boshqa shaxslarga yuqtirmaslik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida bir necha marotaba yozma ravishda ogohlantirilgan.

Biroq shunga qaramay, S.D. Jondor tumani Dalmunobod mahallasidagi xonadonlardan birida  o‘zining OIV kasalligiga chalinganligini bilgan holda fuqaro S.Sh. bilan himoya vositasiz jinsiy aloqada bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan S.D. ismli ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda, ushbu ayolning boshqa shaxslar hayoti va salomatligini xuddi shu kabi xavf ostiga qo‘ygan qo‘ymaganligini aniqlashga qaratilgan dastlabki tergov hamda tekzor surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro OIV

Baholaganlar

1011

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing