Buxoroda ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Buxoro viloyatida ekstremistik oqim g‘oyalarini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanib kelgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, viloyatning G‘ijduvon tumanida yashovchi B.J. 2015-2021 yillarda Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridagi oliy ta’lim muassasasida o‘qishi davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali “Salafiylar” DEO ta’siriga tushgan. Telegram messenjerida 2 ta guruh ochib, ushbu diniy ekstremistik oqim g‘oyalarini targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan.

Shuningdek, O‘zbekistonga qaytib kelganidan keyin ham u o‘zining noqonuniy harakatlarini davom ettirib, ekstremistik g‘oyalarni yaqin qarindoshlariga targ‘ib qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu shaxsning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yilgan.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xulosasiga ko‘ra, uning mobil telefon apparati xotirasida aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallar mavjud bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlangan materiallar sirasiga kiradi.

Hozirda B.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro ekstremistik g'oyalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing