Buxoroda ekskavator bosib ketgan ayol vafot etdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 16 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda maxsus texnika piyodani bosib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, kecha, 15 may kuni viloyat IIB 102 tizimiga Tez tibbiy yordam shifokori tomonidan Buxoro shahar markaziy bozori oldida YTH sodir bo‘lgani bildirilgan.

Olib borilgan kechiktirib bo‘lmas surishtiruv harakatlari davomida shu kuni H.I. ismli shaxs o‘z boshqaruvida bo‘lgan XSMG XE60V rusumli ekskavatorni Ibn Sino ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib borayotgan vaqtida Buxoro shahar markaziy bozoridan chiqib yo‘lni kesib o‘tayotgan 1961 yilda tug‘ilgan ayolni ko‘rmay qolib, bosib ketishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.

Bildirilishicha, ayol voqea joyida vafot etgan. Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakuniga ko‘ra holatga huquqiy baho berilib, javobgarlikning muqarrarligi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy shahrida 11-sinf o‘quvchisi mashina urib yuborishi oqibatida komaga tushib qolgan edi. Ushbu YTHni sodir etib, hodisa joyidan qochib ketgan shaxs qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Buxoro ekskavator

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing