Buxoroda ekologiya bo‘limi boshlig‘ini otgan brakoner ushlandi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida xizmat vazifasini olib borayotgan inspektorga o‘q uzgan brakoner qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilishicha, inspektorni yaralagan brakoner sheriklari bilan ov qilish maqsadida tuman hududiga kelgan. Ulardan 2 dona ov qurollari xolislar ishtirokida olib qo‘yilgan.

Qorovulbozor tumani ekologiya boshlig‘i olgan tan jarohatlari yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida reyd tadbiri olib borayotgan tuman ekologiya bo‘limi boshlig‘i, inspektor xizmat vaqtida brakoner tomonidan o‘q uzilishi oqibatida qo‘lidan yaralangandi, brakoner esa voqea joyidan yashiringandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro brakon'er

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing