Buxoroda Damas yuk mashinasiga urilib, pachoqlanib ketdi (video)

3-sahifa

image

Buxoro viloyati Buxoro shahrida Damas rusumli transport vositasi yo‘l chetida to‘xtab turgan HOWO yuk mashinasining orqasiga kelib urildi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 30 mart kuni taxminan soat 13:30 larda Buxoro tumani “So‘fikorgar” mahallasi “Choruq” qishlog‘i hududida sodir bo‘lgan.

Mazkur yo‘l transport hodisasi Buxoro tuman Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganilgan.

Aniqlanishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida hech kim og‘ir tan jarohati olmagan, faqat transport vositalariga shikast yetgan.

“Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing