Buxoroda dalaga tashlab ketilgan chaqaloqning onasi topildi
3-sahifa
−
09 avgust 2022
24876Joriy yilning 22 iyul kuni Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi dala shiyponiga 9 oylik chaqaloq tashlab ketilgani haqida xabar bergan edik. Viloyat IIB go‘dakning onasi topilganini ma’lum qildi.
Buxoro viloyati IIB, hududiy ichki ishlar organlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor qidiruv va tergov harakatlari davomida chaqaloqning 2022 yil yanvar oyida tug‘ilgan Narzullayeva Muslima ekani aniqlangan. Shuningdek, uning onasi shaxsi aniqlik kiritilib, tergov organiga topshirilgan.
Hozirgi kunda G‘ijduvon tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25/117-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishida shaxsning sha’ni, qadr qimmati va oilaviy sirlari bilan bog‘liq holatlar mavjud bo‘lganligi sababli tergov yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, 22 iyul kuni soat 16:07 da viloyat IIBga G‘ijduvon tumani “Ko‘lijabbor” MFY Ko‘xna Nayman qishlog‘ida joylashgan “Shukur To‘xta” fermer xo‘jaligining dala maydoni yoqasidagi (kapa) shiyponda shaxsi aniq bo‘lmagan taxminan 9 oylik bola topib olinib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.
LiveBarchasi