Buxoroda buyum bozorlari yopiladi
Jamiyat
−
29 iyun 2020
8256Buxoro shahrida koronavirus infeksiyasi tarqalishi ortib borayotgani sababli joriy yilning 1 iyulidan barcha buyum bozorlari faoliyati to‘xtatiladi.
Shuningdek, noma’lum muddatga qadar jamoat transportlari soni va harakatlanish vaqti ham vaqtincha cheklanadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha viloyat komissiyasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, bu cheklovlarga aholi orasida kasallik ortib borayotgani, Buxoro shahri “sariq” hudud toifasiga kiritilganligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Buxoroda oxirgi marotaba 26 iyun kuni kasallik yuqtirib olgan bemorlar aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi barcha bozorlar sanitariya-epidemiologik tadbirlarini, shu jumladan, dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun har haftada bir marotaba yopilishi belgilangandi.
LiveBarchasi