Buxoroda bir guruh shaxslar gazokondensat o‘g‘irligi ustida qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida yashovchi 7 nafar shaxs gazokondensat mahsulotlarini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsad qildi. Shu niyatda ular jinoyatga qo‘l urdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Ular bir guruh bo‘lib, 2020 yilning 15 fevral kuni soat 00:10 da Qoraqo‘l tumani hududida joylashgan Uchqur-Kulbeshkak yo‘nalishidagi gaz quvurini bir necha kun ilgari teshib, yelim quvur (shlanka) ulaydigan moslamali xomut o‘rnatishadi. So‘ngra 284-sonli beton simyog‘och ro‘parasiga borib, jo‘mrakka yelim quvurni (shlanka) ulab, ushbu quvurdan o‘zlari tomonidan qazilgan va polietilen qoplama bilan o‘ralgan hovuzga olib borishadi.

Mazkur quvurdan ushbu hovuzni jami bahosi 9 233 350 so‘mlik 8 050 tonna gazokondensat xom-ashyosi bilan to‘ldirib uni tinitib, gazokondensat xom-ashyosini o‘zlari bilan olib kelgan yelim idishlarga solayotgan vaqtda hodisa joyida MCHJ qo‘riqlash xodimlari tomonidan ushlanadi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Qorako‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Jinoyat ishi bo‘yicha ushlangan shaxslarga nisbatan tegishli moddalar bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborish masalasini hal qilish uchun prokuraturaga yuborilgan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro o'g'irlik

Baholaganlar

147

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing