Buxoroda ayol erini pichoqlab qo‘ydi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Buxoroda ayol turmush o‘rtog‘ini oshxona pichog‘i bilan tan jarohati yetkazdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 30 may kuni Buxoro shahar A.Jomiy ko‘chasida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan Q.G. ismli ayol shu shaharning “N.Ganjaviy” MFYsi Mo‘minov ko‘chasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonning yerto‘lasida turmush o‘rtog‘i R.B. bilan janjallashgan.

Tortishuv vaqtida ayol erining chap tomon qorin bo‘shlig‘iga oshxona pichog‘ini sanchib olgan. Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra og‘ir tan jarohati yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB tomonidan fuqaro Q.G.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 126-moddasi 7-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

jinoyat Buxoro pichoqlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing