Buxoroda AYOQSH yonib ketdi

Jamiyat

−

image

Joriy yilning 19 iyun kuni Buxoroda avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in chiqdi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar bermoqda. 

19 iyun kuni soat 11:00da Buxoro shahri Ibn Sino ko‘chasida joylashgan “Registon” MCHJga qarashli 149-sonli AYOQSHda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida Buxoro viloyati YOXB Kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga xabar kelib tushgan.

Yong‘inni bartaraf etishga 4 ta yong‘in o‘chirish avtoekipaji jalb etilgan. Bo‘linmalar voqea joyiga yetib borguniga qadar yong‘in ishchi-xizmatchilar tomonidan shoxobchadagi mavjud yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari bilan bartaraf etilgan va alanga keng maydonga tarqalib ketishi oldi olingan. 

Tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida AYOQSHning 6 kv metr maydonda shift qismi va 3-kalonkasi yonib zararlangan. Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

31

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing