Buxoroda 6 sotix yerni 30 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan arxitektor ushlandi

3-sahifa

image

Buxoroda arxitektor ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun ajratilgan 6 sotix yer maydonini “Ye-AUKSION” elektron onlayn savdolari orqali 30 ming AQSH dollariga pullamoqchi bo‘ldi. Bu haqda Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, “O‘zshaharsozlik LITI” DUK Buxoro filiali arxitektori E. ismli shaxs R. ismli shaxs bilan til biriktirib, boshqa fuqaroga vakolatli tanishlariga pora berib, Buxoro tumani “Bahouddin Naqshband” mahallasi hududidan ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 6 sotix yer maydonini “Ye-AUKSION” elektron onlayn savdolari orqali olib berishni va’da qilgan.

Aniqlanishicha, E.N. va R.S. ismli shaxslar 6 sotix yer maydonini olib berish evaziga fuqarodan 30 ming AQSH dollari so‘ragan. Ushbu shaxslar so‘ralgan pulning 10 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga olingan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan E.N. va R.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro

Baholaganlar

70

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing