Buxoroda 99 foiz bemor koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Buxoro va Andijon viloyatida jami 8 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 17 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

“Bugun Buxoro viloyatida 7 nafar, Andijon viloyatida 1 nafar, jami 8 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi“ deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Buxoro viloyatida tuzalganlarning barchasi ushbu hududdan (5 nafari Buxoro shahridan, 1 nafardan Kogon va G‘ijduvon tumanlaridan) bo‘lib, barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol, eng yoshi kattasi 52, yoshi kichigi esa 3 yoshda.

Andijon viloyatida sog‘aygan 42 yoshli erkak Paxtaobod tumanidan bo‘lib, uzoq masofaga qatnovchi yuk avtomashina haydovchisidir.

Ma’lumot uchun, Buxoro viloyatida shu paytga qadar 433 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 440 nafarga yetdi. Ayni paytda shifokorlar viloyatdagi 2 nafar bemorga tegishli standartlar bo‘yicha davo choralarini ko‘rishmoqda. Viloyatda sog‘ayish bo‘yicha ko‘rsatkich 99% bo‘lib turibdi. Andijonda esa shu paytga qadar 162 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 163 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2221 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

285

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing