Buxoroda 70 ga yaqin odamni chuv tushirgan kiberjinoyatchi ushlandi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida yetmishga yaqin odamning plastik kartasidan pul o‘g‘irlagan 23 yoshli yigit qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2023 yilning 12 yanvar kunidan 26 mart kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida 70 ga yaqin shaxslarning plastik kartalaridan 300 millionga yaqin pullarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan harakatlar davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar Alpomish ko‘chasida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan X.O. ismli shaxs sodir etganligi aniqlangan.

“Hozirgi kunda ushbu shaxsning viloyat hamda respublikaning boshqa hududlarida sodir etilib, fosh qilinmasdan qolayotgan xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor texnik, surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro kiberjinoyat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing