Buxoroda 51 yoshli ayol o‘zini 8-qavatdan tashlamoqchi bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 3 may kuni Buxoroda 51 yoshli ayol o‘zini qurilishi tugallanmagan binoning 8-qavatidan tashlamoqchi bo‘ldi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 10:00 larda Buxoro shahar F.Xo‘jayev mahallasida yashovchi, 51 yoshli ayol turli ichki kechinmalar ta’sirida, ruhiyatida kelib chiqqan o‘zgarishlar sababli, Ibrohim Mo‘minov ko‘chasida joylashgan 8 (sakkiz) qavatli qurilishi tugallanmagan binonining 8-qavatidan o‘zini pastga tashlab joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan.

Voqea joyiga Buxoro shahar IIO FMB 2-son Ichki ishlar bo‘limi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika katta inspektori Izzat Mirzayev tezkorlik bilan yetib borgan. Inspektor ayol bilan tushuntirish olib borib, noxush yakun topishi mumkin bo‘lgan holatning oldi olinib, ayolning hayoti qutqarib qolgan.

Hozirda ushbu ayolga Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim hamda psixologlar guruhi psixolog xodimlari, boshqa mutasaddi idoralar mas’ullari tomonidan tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatilib, voqea sabablari o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro

Baholaganlar

224

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing