Buxoroda 430 tonna AI-80 benzini noqonuniy sotib yuborildi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatida 430,7 tonna AI-80 markali avtobenzinni noqonuniy ravishda ulgurji sotib yuborgan MCHJ aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Kogon tumani “O‘ba cho‘li” MFYda joylashgan “N.P.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini sotuvga chiqarilishi bo‘yicha noqonuniy holat aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, “N.P.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi ish faoliyatida bo‘lmasa-da, “Buxoro neft bazasi” MCHJdan jami 430,7 tonna (3,7 mlrd so‘mlik) AI-80 markali avtobenzinni shoxobcha sig‘imlariga tushirilmasdan avtotsisterna orqali ulgurji sotib yuborilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQSHda birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2025 yilda AI-80 markali benzin sotilishi cheklanishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro MChJ AYoQSh AI-80

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing