Buxoroda 32 yil oldin sodir etilgan jinoyat fosh etildi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatining Buxoro shahrida 1988 yilning 5 oktyabr kuni sodir etilgan qotillik jinoyati barmoq izi yordamida fosh etildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur jinoyatni 1962 yilda tug‘ilgan fuqaro M.B. sodir etgan. U qotillik sodir etilgan paytda 26 yoshda bo‘lgan.

Jinoyati fosh bo‘lgan fuqaroning aytishicha, u qotillik qurboni bo‘lgan, 1933 yilda tug‘ilgan ayolning uyiga ayolning taklifi bilan kirgan. Erkak ayolning uyiga kirgach unga jinsiy aloqa qilishni taklif etgan. Ayol esa bu taklifni rad etgan va o‘rtada janjal yuzaga kelgan. Janjal vaqtida erkak jahl ustida ayolning qorin va ko‘krak qismlariga 3-4 marta pichoq urgan.

Mazkur jinoyatdan keyin M.B. uch marta qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun sudlangan. U 1993 yilda eski tahrirdagi Jinoyat kodeksining 15-81-moddasi (qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish), 1996 yilda Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (o‘g‘rilik), 2005 yilda 169-moddaning 1-qismi (o‘g‘rilik) bilan ayblangan.

Ma’lum qilinishicha, M.B. qotillik sodir etish bilan birga, ayolning uyidagi bir nechta tilla taqinchoqni o‘g‘irlab ketgan va jinoyat joyida uning barmoq izlari qolgan.

Romitan tumanida yashovchi fuqaroning 32 yil avval sodir etgan jinoyatini fosh etishda uning hodisa joyida qoldirilgan barmoq izlari yordam berdi. Buxoro viloyat IIB Ekspert-kiriminalistika bo‘limi tomonidan 2020 yilning sentyabr oyida avtomatlashtirilgan taktiloskopik identifikatsion tizim orqali barmoq izlari tekshirilgan. O‘tkazilgan kriminalistik o‘rganishlar barmoq izlari fuqaro M.B.ga tegishli ekanligini ko‘rsatgan.

Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan ushbu jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari qayta tiklandi. M.B. bilan olib borilgan tezkor-tergov harakatlari davomida fuqaro sodir etgan jinoyatiga to‘liq iqrorligini bildirgan. Ayni paytda mazkur ish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Buxoro

Baholaganlar

1227

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing