Buxoroda 28 yoshli yigit bedapoya sabab hamqishlog‘ini o‘ldirdi

Jamiyat

image

Buxoroda ikki hamqishloqning o‘zaro janjali o‘lim bilan yakunlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 28 mart kuni soat 17:30 da Qorako‘l tumani O‘tiq-Do‘rman qishlog‘ida yashovchi 28 yoshli B.D. “Shohjaxon chorva zamini” fermer xo‘jaligiga qarashli cho‘l hududida o‘zaro janjal oqibatida hamqishlog‘i, 58 yoshli N.X.ning tanasini turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.

Natijada N.X. jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 6 aprel kuni shu yerda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qorako‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan badanga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha, janjal, gumonlanuvchi N.X.ga tegishli bo‘lgan qo‘y podasi, B.D.ning beda o‘tlari ekin maydoniga kirib payxon qilganligi sabab bo‘lgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha B.D. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va o‘rnatilgan tartibda ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Buxoro

Baholaganlar

407

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing