Buxoroda 2 yigit tanish qizga shaxsiy rasm va videolari bilan “shantaj” qildi
3-sahifa
−
18 mart 2023
7529Buxoro viloyatida qizning behayo rasm va videolarini tarqatmaslik uchun pul undirib kelgan ikki shaxs ushlandi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlari Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buxoro shahar G‘ijduvoniy ko‘chasida yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan X.A. va Buxoro shahar Somiy ko‘chasida yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan A.I.lar bir guruh bo‘lib, oldindan jinoiy til biriktirgan. Ular viloyatning Jondor tumanida yashovchi bir qizning behayo rasm va videolarini tarqatish va sharmanda qilish bilan qo‘rqitib kelgan.
Ular joriy yilning 6 fevral kunidan boshlab bir necha marotaba qizdan pul talab qilgan. Oxirgi marotaba talab qilingan 15 000 000 so‘mdan 9 900 000 so‘m miqdoridagi pullarni olgan. Ammo shu bilan ham kifoyalanmasdan yana 4 100 000 so‘m miqdoridagi pullarni berishga majbur qilgan.
Qizning Buxoro viloyati IIBga qilgan murojaati asosida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu ikki shaxs Buxoro shahar Pedagogika instituti oldida talab qilingan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi