Buxoroda 2,1 mlrd so‘mlik elektr o‘marildi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Bosh prokuratura shtabi tomonidan Buxoro shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “K. C. K.” MCHJga qarashli noturar binoda o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 1 milliard 639 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, Jondor tumanida fuqaro S.J.ga qarashli baliqchilik fermasida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan. Keltirilgan zarar dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 505 mln so‘mni tashkil qilgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing