Buxoroda 10 dan ortiq odamga qasddan OIV infeksiyasini yuqtirgan ayol hibsga olindi
3-sahifa
−
06 mart 2021
15211Joriy yilning 1 mart kuni Buxoro viloyati Kogon shahrida o‘tkazilgan tadbirda 10 dan ortiq odamga qasddan OITS kasalligini yuqtirgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Kogon shahar, Birdamlik ko‘chasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan X.D. ismli ayol, 2017 yilning 21 dekabr kunidan boshlab Buxoro viloyat OITSga qarshi kurashish markazi xodimlari tomonidan OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinib, OIV infeksiyasini boshqa shaxslarga qasddan yuqtirganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida ogoxlantirilib, tilxat olingan.
Ammo shunga qaramasdan, o‘zining OIV infeksiyasiga chalinganligini bila turib, 2020 yilning avgust oyidan 2021 yilning fevral oyiga qadar, 10 dan ortiq fuqarolar R.Sh., R.B., A.J., S.Sh., H.B., Sh.A., M.A., E.A., H.D. va boshqa shaxslar bilan Buxoro shahrining turli joylarida himoya vositalarisiz jinsiy aloqada bo‘lib, ushbu shaxslarga OIV infeksiyasini qasddan yuqtirish va yuqtirish xavfi ostida qoldirish jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Tergov boshqarmasi tomonidan X.D.ismli ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.