Buxoroda ikki ayol bilan jinsiy aloqa qilgan OIV kasalligi bor yigitga jinoiy ish ochildi
3-sahifa
−
08 fevral 2021
50396Buxoro viloyatida ikki ayolga bila turib OIV virusini yuqtirgan erkak qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan B.N. 2016 yilning sentyabr oyida viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan. Unga OIV infeksiyasini yuqtirganlik uchun Jinoyat kodeksining 113-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilib, unga bir qator cheklovlar belgilab berilgan.
Ammo shunga qaramay, B.N. 2018 yil noyabr oyidan 2020 yilning mart oyiga qadar Navoiy viloyati Uchquduq tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan P.P. bilan Buxoro shahrining turli joylarida himoya vositalarisiz jinsiy aloqada bo‘lib kelgan.
Bundan tashqari 2020 yil 8 oktyabrdan boshlab K.K. ismli ayol bilan sha’riy nikoh asosida birgalikda yashab, u bilan ham hech qanday himoya vositalarisiz jinsiy aloqada bo‘lib kelib, ushbu ikkala ayol P.P va K.K.ga OIV kasalligini qasddan yuqtirgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan B.N.ismli shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.