Buxoroda 1,1 mlrd so‘mlik tok o‘g‘irlandi
3-sahifa
−
16 avgust 5346 1 daqiqa
Buxoro viloyatining Buxoro shahrida 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ fosh etildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan nazorat tadbirida “K.S.K” MCHJga qarashli savdo kompleksining hisoblagich tok tranformatori qurilmasiga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelingan.
Ushbu qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 1,1 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.
Bildirilishicha, hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlangandi.
Live
Barchasi