Buxoroda hokim yordamchisi qamoqqa olindi
3-sahifa
−
20 Sentabr 2023
11398Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan Abu Ali ibn Sino mahallasidagi hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, gumonlanuvchi “Abu Ali ibn Sino” MFYda hokim yordamchisi lavozimida ishlagan. U faoliyati davomida o‘z vakolatini suiiste’mol qilib, ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblanyapti.
“Xususan, u “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora - tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-55 - sonli qarorga zid ravishda “Abu Ali ibn Sino” MFY hududida yashamaydigan va faoliyat ko‘rsatmaydigan M.H., J.A., N.G‘., M.A. va A.M.lar nomiga mototransport vositasi hamda ichimlik suvini qayta ishlash apparatini sotib olish uchun 33 mln so‘mdan, jami 163 mln so‘mlik imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ularni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan”, deyiladi prokuratura xabarida.
Bildirilishicha, joriy yilning 14 sentyabr kuni hokim yordamchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3 - qismi “g” bandi, 209-moddasi 1-qismi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Mazkur jinoyat ishi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingani ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqand viloyatida hokim yordamchisi 1500 AQSH dollari miqdoridagi porani olayotgan vaqtda qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi