Buxoroda harakatlanib ketayotgan Matiz'da yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
08 iyun 2023 3250 1 daqiqa
Buxoroda harakatlanib ketayotgan Matiz mashinasi yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning 7 iyun kuni 18:20 da Buxoro tuman “Rabotiqalmoq” MFY, Zarafshon bog‘dorchilik xo‘jaligi hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda xarakatlanib ketayotgan avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘inni bartaraf etish uchun 2 ta yong‘in qutqaruv avtoekipajidan foydalanilgan. Avtoekipajlar voqea joyiga 18:36 da yetib borib, oradan 10 daqiqa o‘tgach, yong‘in batamom o‘chirilgan.
Aniqlanishicha, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Matiz mashinasining divigatel, salon qismi va shinalari yonib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inning kelib chiqish sababi avtomobildagi elektr simlarining qisqa tutashuvi deb taxmin qilinmoqda.
“Yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish, tan jarohati va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi. Hozirda moddiy zarar aniqlanmoqda”, deyiladi boshqarma xabarida.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025