Buxoro viloyatiga yangi soliqboshi tayinlandi
Jamiyat
−
19 avgust 2021
7159O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan Maqsud Mahmudovich Mamatxonov Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Maqsud Mamatxonov 1987 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2009 yilda Farg‘ona davlat universitetini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
U soliq organlaridagi faoliyatini 2009 yilda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar davlat soliq inspeksiyasi Hisobga olish, tahlil qilish va soliq statistikasi bo‘limi inspektori sifatida boshlagan.
Maqsud Mamatxonov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Maqsud Mamatxonov soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.
Avvalroq, 10 ta davlat soliq inspeksiyasiga yangi rahbarlar tayinlangani haqida xabar bergan edik. Ularning orasida bir nafar ayol ham bor.
LiveBarchasi