Buxoro viloyatida yana 9 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatida jami 9 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 28 aprel kuni Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan navbatdagi 9 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, shifo topganlarning barchasi joriy yil 25 mart kuni Rossiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Ulardan 8 nafari erkak, 1 nafari ayol. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 55 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 19 yosh.

Ma’lumot uchun, Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 280 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 289 nafarga yetdi. Mamlakatda bemorlarning sog‘ayib chiqishi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich hozircha Buxoro viloyatidan qayd etilmoqda.

Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 909 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha bemorlarning 8 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing