Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i pora bilan ushlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 7 noyabr kuni Buxoro viloyati davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro viloyati davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i Buxoro tumani “Chorbakr” MFYda yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan Q.R. o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda Buxoro shahridagi “Jamila Jahoni Lazzat Omad” MCHJ rahbari Q.M.dan karantin qoidalariga rioya qilinmaganligi holati bo‘yicha joriy yilning 22 sentyabr kuni tuzilgan dalolatnoma bo‘yicha jarima tayinlamaslik evaziga pul talab qilgan.

Fuqaro Q.M.ning arizasi yuzasidan huquq tartibot idoralarining hamkorlikda o‘tkazgan tadbirida Q.R. ta’magirlik yo‘li bilan kimyoviy ishlov berilgan 400 AQSH dollari va 500 000 so‘m naqd pulni o‘zining xizmat xonasida pora tariqasida olayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 210-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

pora Buxoro

Baholaganlar

262

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing