Buxoro viloyati hokimining yaqinlari uning vafoti haqidagi xabarlarni rad etdi
Jamiyat
−
17 avgust 2020
19784Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga chalinib, Toshkentda davolanayotgan Buxoro viloyati hokimi Karim Kamolov vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.
Xalqaro press-klub raisi Sherzod Qudratxo‘jayev Karim Kamolovning vafot etgani haqidagi xabarlar yolg‘on ekanini aytdi. U tarqalgan xabarlar yuzasidan Kamolovning oila a’zolari bilan bog‘langan. Ular bu xabarni inkor qilgan.
“Buxoro viloyati hokimi Karim Jamolovich Kamolov o‘limi to‘g‘risidagi xabar yolg‘on. hozirgina oila a’zolari bilan bog‘landim, ular mendan jurnalistlar va blogerlar “feyk” xabar tarqatmasligini so‘rashdi. Bunday dezinformatsiya pandemiya paytida bemorni ahvoliga yomon ta’sir qilishi aniq, infodemiya pandemiyadan ham o‘tib tushyapti”, degan Qudratxo‘jayev.
Ammo u Karim Kamolov oilasidan kim bilan gaplashganiga aniqlik kiritmagan.
Avvalroq, Bosh vazir Abdulla Aripov Buxoroda favqulodda yig‘ilish o‘tkazayotgani haqida xabar bergan edik. Yig‘ilishda viloyatga hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi tayinlanishi kutilyapti.
Eslatib o‘tamiz, Karim Kamolovning koronavirusga chalingan 30 iyul kuni ma’lum bo‘lgandi.
LiveBarchasi