Buxoro viloyati hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

Buxoro viloyati hokimiga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Jalol Samandarovich Arashov Buxoro viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan. U ayni vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Jalol Arashov 1988 yil 6 oktyabrda Qorako‘l tumanida tug‘ilgan. 2009 yilda Toshkent arxitektura va qurilish institutini tamomlab, muhandis-iqtisodchi mutaxassisligini egallagan.

Botirjon Zavqiddinovich Shahriyorov esa Buxoro viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 

U 2022 yil aprelidan turizm va madaniy meros vazirining ommaviy tadbirlar va madaniy meros masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan va joriy yilning yanvarida ushbu lavozimdan ozod qilingan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Botir Ahmedov Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing