Buxoro va Sirdaryoda koronavirusga chalinganlar soni ko‘paydi
Jamiyat
−
21 iyun 2020
141272020 yil 21 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 63 nafarga ko‘paydi va jami bemorlar soni 6216 ga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 48 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 13 nafari Buxoro viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 11 nafari aholi orasida), 2 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 1 nafari xorijdan chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida, 1 nafari aholi orasida) aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 4290 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog‘aygan.
Mamlakatdagi 1907 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 15 nafari og‘ir, 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi