Buxoro va Xorazmda hokimiyat mansabdorlari pora bilan ushlandi
Jamiyat
−
13 avgust 2020 19984 2 daqiqa
Xorazm viloyati Xazorasp tuman hokimligi yetakchi mutaxassisi mazkur tumanda istiqomat qiluvchi fuqaroga Tuproqqal’a tumanidagi “Obod” mahallasi hududida joylashgan tuman hokimligi zaxirasidagi bo‘sh yer maydonlaridan 1200 kv metrga egalik qilish huquqini beruvchi tuman hokimining qarorini chiqartirib berishga va’da qilib, evaziga 8000 AQSH dollari so‘ragan.
Mazkur shaxs fuqarodan kelishilgan pulni olayotgan vaqtida DXX Xorazm viloyati boshqarmasi va Departamentning tuman bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Xorazm viloyati Shovot tumani ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi tayanch punktlari profilaktika inspektori xizmat mavqeidan foydalanib, 3 nafar fuqaroga migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limida ishlaydigan tanishlari orqali shaxsga doir ma’lumotlarni o‘zgartirib, yangi fuqarolik pasportini olib berishni va’da qiladi va evaziga 1200 AQSH dollari so‘raydi. Profilaktika inspektori kelishilgan pulni olgan vaqtida DXX Xorazm viloyati boshqarmasi va viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan qo‘lgan olingan.
Buxoro shahar hokimligining uy-joylarni hisobga olish va noturarjoylardan foydalanish davlat korxonasi boshlig‘i o‘rinbosari esa Buxoro shahar hokimligida ishlaydigan tanishlari orqali shahar hokimligi balansida bo‘lgan kam ta’minlangan va uy-joyga muhtoj oilalar uchun mo‘ljallangan davlat oilaviy yotoqxonasidagi uylardan birini fuqaroning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, xizmat haqi evaziga 4000 AQSH dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan. Mazkur shaxs oldin ham Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi bilan sudlanib chiqqani aniqlangan.
Hozirda aniqlangan holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiSuriyada KIP qo‘mondoni o‘ldirib ketildi
21 yanvar