Buxoro shahri hududi ikki tuman hisobiga kengaytiriladi

Jamiyat

Buxoro shahrining bosh rejasiga ko‘ra, shahar hududi Buxoro va Kogon tumanlari hisobiga 3,5 ming gektardan ko‘proqqa kengayadi. Bu haqda shahar hokimi O‘tkir Jumayev “O‘zbekiston 24” telekanali lavhasida ma’lum qilindi.

“Buxoroda 280 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Bosh rejani ishlab chiqishda biz 2025 yilgi istiqbolda aholining 310 mingga yetishini hisobga olganmiz. Shu sababli bosh rejaga ko‘ra shahar hududini Kogon tumani (1920 gektar) va Buxoro tumani (1630 gektar) hisobiga kengaytirish ko‘zda tutilgan. Uning 2040 yilgacha ishlab chiqiladigan dasturida Buxoro shahri hududi 11 488 gektarni tashkil etadi”, deydi O‘tkir Jumayev.

Hokimga ko‘ra, shahar hududining kengayishi hisobiga shaharda beshta yo‘nalishda ishlarni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Shuningdek, shaharda renovatsiya dasturi ham amlaga oshiriladi va 371 ta ma’nan eskirgan uylar o‘rnida yangi ko‘p qavatli binolar barpo etiladi. O‘tkir Jumayevning ta’kidlashicha, shahar rahbariyati O‘zbekiston Prezidentidan shahardagi turar joy binolari renovatsiyasining ikkinchi bosqichini uzaytirishga ruxsat olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro

Baholaganlar

501

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing