Buxoro shahri hokimi o‘zgardi
Jamiyat
−
01 may
8973Buxoro shahri hokimi o‘zgardi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 1 may kuni Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov so‘zga chiqib, Buxoro shahrini shu paytgacha boshqarib kelgan Jamol Nosirov sog‘ligi yomonlashgani munosabati bilan lavozimidan ozod etishni so‘rab, ariza bilan murojaat qilganini ma’lum qildi.
Shundan so‘ng viloyat hokimi Jamol Nosirovni Buxoro shahar hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorni o‘qib eshittirdi.
Ayni vaqtga qadar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi issiqlik ta’minotini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Qurbon Ibragimovich Tursunov Buxoro shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, Jamol Nosirov 2021 yilning may oyida Buxoro shahriga hokim etib tayinlangandi. U bunga qadar Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
LiveBarchasi