Buxoro hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
08 avgust 2023 12549 1 daqiqa
Botir Ilhomovich Ahmedov Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Bunga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi loyihalar ofisi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Botir Ahmedov 1982 yil 12 iyun kuni Buxoro viloyati Vobkent tumanida tug‘ilgan. 2004 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2007 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (magistratura)ni tugatgan.
Eslatib o‘tamiz, viloyat hokimining avvalgi o‘rinbosari Jamshid Yunusovich Tursunov Transport vazirligi huzuridagi avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi vazifasiga tayinlangan edi. U joriy yilning yanvaridan iyul oyiga qadar Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust