Zokirjon Almatov tarixiy sirlarni oshkor qildi

Jamiyat

Birinchi bo‘lish oson emas. Ta’bir joiz bo‘lsa, Zokirjon Almatovich Almatov ham O‘zbekiston Ichki ishlar sohasida birinchi bo‘ldi. U O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini tuzishda ishtirok etgan, mamlakatda jinoyatchilik urchigan, xalq bilan muloqot qilish qiyin bo‘lib qolgan davrlarda faoliyat yuritgan vazir. 

Zokirjon Almatov 1991 yildan 2006 yilgacha 15 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritganda, davlat boshidan qanday kunlar o‘tmadi deysiz. Ayniqsa, uyushgan jinoyatchilik va terrorizm xavfi kuchaygan, hududlarda tinimsiz portlashlar kuzatilgan paytlarda Almatovning qat’iy qarorlar qabul qilishdagi prinsiplari shakllangan. Uning ham shaxs, ham arboblikdagi sifatlari o‘rtaga chiqqan.  O‘sha davrlarda Ichki ishlar vazirligi tizginni qo‘liga olish uchun qanchalik qattiqqo‘l siyosat yuritmasin, odamlar ishonchini qozongan, hurmat topgan. Almatov esa vazirlik tizimida, xodimlar orasida oilani shakllantira olgan. 

Zokir Almatovich 70 yoshni qarshilash arafasida turibdi. U 12 yil Ichki ishlar vazirligi tizimidan ayri hayot kechirdi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bo‘lgach, 2018 yildan e’tiboran Zokirjon Almatov Ichki ishlar vaziri maslahatchisi o‘laroq yana ish boshladi. 

Almatovni xalqimiz, yoshlar, Ichki ishlar organlaridagi xodimlar ardoqlaydi. Adolatli rahbar, ishonchli do‘st, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata oladigan maslahatchi va Ichki ishlar xodimlarini xafa qildirib qo‘ymaydigan inson sifatida biladi. 

General-polkovnik Zokirjon Almatov hech qachon OAVga intervyu bermagan. Holbuki, aytilishi kerak gaplar, ochiqlash vaqti kelgan sirlar talaygina. Qolaversa, tarix bilan yuzlashish vaqti ham allaqachon kelgan. 

Zokirjon Almatov intervyuda quyidagilar haqida ochiq-oydin gapirdi:

•    1989 yil Bo‘ka voqealari;
•    1990 yil Parkent voqealari;
•    1991 yil Prezident Karimovga ochiqdan ochiq qarshiliklar, muxolifatning yuzaga kelishi;
•    1992 yil “Yoshlik” talabalar shaharchasidagi namoyish;
•    1999 yil 16 fevral voqealari;
•    2004 yil Chorsudagi mudhish tong;
•    2005 yil butun dunyoni larzaga keltirgan Andijon voqealari.

Almatov lavozimdan ketgandan so‘ng, mamlakatda Ichki ishlar organlari xodimlarining obro‘siga tushib ketganmidi? Norasmiy liderlik sobiq Milliy xavfsizlik xizmatiga o‘tganmi? Almatovning “ko‘cha” bilan munosabatlari qanday? Salim Abduvaliyev va G‘afur Rahimovning uyushgan jinoyatchilikka aloqasi bo‘lganmi? Intervyuda Zokirjon Almatov ushbu savollarga ham javob bergan. 

Zokirjon Almatovich Almatov bilan ilk eksklyuziv intervyuni bugun, 18 mart kuni soat 19:00 dan e’tiboran QALAMPIR.UZ internet nashrida, YouTube va Mover’dagi sahifalarimizda tomosha qilishingiz mumkin.  
 


Maqola muallifi

Teglar

Zokirjon Almatov

Baholaganlar

1136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing