Mirziyoyev Zokirjon Almatovni mukofotladi
Jamiyat
−
24 Oktabr
12142Sobiq ichki ishlar vaziri, 2018 yildan e’tiboran Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Zokirjon Almatov "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda bugun, 24 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni qabul qilindi.
Zokirjon Almatov 1949 yilning 10 oktyabr kuni tavallud topgan. U sohada 1971 yilda ish boshlagan. 1976 yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. 1990-1991 yillarda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
1991 yilning 16 sentyabr kuni Zokirjon Almatov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimida ish boshladi. 1992 yilda general-moyor, 1996 yilda general-leytenant, 1999 yilda general-polkovnik harbiy unvonlari bilan taqdirlandi.
2005 yilda Zokir Almatovich Almatovning salomatligida muammolar kuzatiladi. Shifokorlar bir muddat tanaffus qilish kerakligi, xastalikning oldini olish uchun operatsiya zarurligini aytadi. Shu bois Zokirjon Almatov 2005 yilda o‘z xohishiga binoan iste’foga chiqadi. 1999 yil voqealarida ko‘rsatgan qahramonligi uchun “Shon sharaf” ordeni bilan mukofotlangan Almatov, 2005 yil iste’foga ketish oldidan “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlanadi.
U 12 yil Ichki ishlar vazirligi tizimidan ayri hayot kechirdi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bo‘lgach, 2018 yildan e’tiboran Zokirjon Almatov Ichki ishlar vaziri maslahatchisi o‘laroq yana ish boshladi.
LiveBarchasi