Bo‘ka hokimi xodimlarni bo‘ralab so‘kkani aytilmoqda (video)
3-sahifa
−
06 mart
12169Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Bo‘ka tumani hokimi Baxtiyor Begmatov qo‘l ostidagi xodimlarni so‘kkani yozib olingan audio tarqaldi. QALAMPIR.UZ vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent viloyati hokimligi matbuot kotibi Behzod Qobulov bilan bog‘landi.
Uning bildirishicha, ovoz haqiqatda hokimga tegishliligi bo‘yicha ekspertiza tayinlangan va ish viloyatning odob-axloq komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Behzod Qobulovga ko‘ra, ovoz sun’iy intellekt yordamida ishlangan bo‘lishi ehtimoli ham bor.
Shuningdek, QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish uchun Bo‘ka tumani hokimligi matbuot xizmati bilan ham bog‘landi. Hokimlik matbuot xizmati ushbu ovoz aynan Begmatovga tegishli ekanini tasdiqlamadi, biroq inkor ham etmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimi Dilfuza O‘rolova fermerlardan birini keskin haqoratlab, qo‘l oyog‘ini bog‘latib Ichki ishlar xodimlariga topshirib yuborgandi. Keyinroq, O‘rolova holat bo‘yicha tushuntirish berib, yuzaga kelgan vaziyatdan pushaymonligini aytgan.
LiveBarchasi