Bedarak yo‘qolgan erkak ishxonasida o‘lik holda topildi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida bedarak yo‘qolgani aytilgan odamning jasadi topildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi. 

Uning bildirishicha, bedarak yuqolgan 1967 yilda tug‘ilgan erkakning jasadi topilganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. 

Marhumning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. 

Tekshirish harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi ta’minlanib, natijalariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 1994 yilda tug‘ilgan erkak bekatda osilgan holda topilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing