Bugunning o‘zida koronavirusdan sog‘ayganlar 100 nafardan oshdi

Jamiyat

image

Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida 36 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 11 may kuni sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Bugun Toshkent shahridagi davolash muassasalarida 36 nafar hamda Sirdaryo viloyatida 1 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, poytaxtda sog‘ayganlarning 26 nafari Toshkent shahridan, 4 nafari Farg‘ona viloyatidan, Namangan va Toshkent viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax viloyatlaridan 1 nafardan. Ulardan 26 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. 7 nafari Rossiyadan, 3 nafari esa Qozog‘istondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Bemorlardan 28 nafari erkak, 8 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi 2019 yilda tug‘ilgan. Toshkent shahrida shu paytga qadar 575 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 611 nafarga yetdi.

Sirdaryo viloyatida tuzalgan 40 yoshli erkak Yangiyer shahridan bo‘lib, Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Viloyatda shu paytga qadar 13 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 14 nafarga yetdi. 

Shunday qilib, bugun ayni paytga qadar 101 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1982 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda koronavirus aniqlanganlar soni 2482 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 10 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

263

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing