Bugunning o‘zida 73 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib chiqdi
Jamiyat
−
04 iyun 2020
5450Samarqand viloyatida 5 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 4 iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
"Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 5 nafar koronavirusga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, sog‘ayganlarning barchasi ushbu viloyatdan. Ularning 2 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 42 yoshda, yoshi kichigi 15 yoshda.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ushbu hududdagi epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda ayni paytda viloyatda Sog‘liqni saqlash vazirligining epidemiolog va infeksionist shifokorlaridan iborat maxsus guruhi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular shu kunlarda viloyatning «qizil» hududlari: Samarqand shahri, Oqdaryo, Payariq, Pastdarg‘om, Samarqand, Toyloq va Urgut tumanlarida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni yanada kuchaytirish, bemorlarni samarali davolash borasida mahalliy mutaxassislarga yaqindan amaliy yordam ko‘rsatishmoqda.
Hozirda viloyatda jami kasallik qayd etilganlar soni 364 nafarni tashkil etmoqda. Bugun 5 nafar bemor tuzaldi va jami sog‘ayganlar 314 nafarga yetib, davolanayotganlar 48 nafar bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, bugun 73 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 3087 nafarni tashkil etmoqda.
LiveBarchasi