Bugunning muhokamasida: Mandat, tenglashtirilayotgan nikoh yoshi, zoye ketayotgan osh va to‘nlar
Jamiyat
−
24 avgust 2019
575624 avgust sanasi ham oxirlab qoldi. Quyida bugunning eng muhim xabarlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Abituriyentlarning tanlov natijalari e’lon qilindi
2019/2020 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi. Javoblarni bilishning 3 ta yo‘li bor.
Arisdagi portlashlar: harbiy qism komandiri va uning o‘rinbosari hibsga olingan
Qozog‘istonning Aris shahridagi harbiy qism hududida sodir bo‘lgan bir qator portlashlardan so‘ng, hova floti komandiri va uning o‘rinbosari hibsga olindi. Vazirlikning ta’kidlashicha, hibsga olish to‘g‘risidagi qaror Ichki ishlar vazirligining tergov bo‘limi harbiy-tergov bo‘limi tomonidan qabul qilingan.
Tojikistonda Prezidentning qizi yangi lavozimga tayinlandi
"Ayollar siyosiy liderlari" xalqaro tashkiloti Tojikiston Respublikasi Milliy Majlisining Tojikiston Respublikasi Konstitutsion asoslarini, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha Prezident Imomali Rahmonning qizi Ozoda Rahmonni lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi taklifini ma’qulladi.
Temir yo‘ldagi innovatsiya qimmatga tushyapti
Har kuni ertalab bir necha yuzlab odamlar chiptalarni sotib olishga urinib, Turkmaniston poytaxti Ashxoboddagi kassalar yoniga to‘planadi. Biroq, kassa xodimlari doimiy ravishda karnayda chiptalar yo‘qligi to‘g‘risida ogohlantiradi va faqat bronga ega bo‘lganlardan navbatni talab qiladi. Xodimlarni xizmat safarlariga yuboradigan yirik davlat idoralari va tashkilotlari bilet olish huquqiga ega. Buni bilib olgan, odamlar o‘zlarining yuqori martabali qarindoshlari yoki tanishlariga qo‘ng‘iroq qilishni boshlaydilar, ular uchun joy ajratishni so‘raydi.
Ukrainalik vazir Moskvaga tankda kirishga va’da berdi
Ukraina infratuzilmasi vaziri Vladimir Omelyan Kiyev Moskva bilan "urushda" g‘alaba qozonishini aytdi.
Kiyevda "Ozodlik omili" ko‘rgazmasining ochilishida so‘zga chiqqan Omelyan, Fransiya Prezidenti Emmanuyel Makronning "Lissabondan Vladivostokgacha bo‘lgan Yevropa" haqidagi so‘zlariga izoh berdi. Uning fikricha, Yevropa Ukraina bayrog‘ini Vladivostokdan baland ko‘targanidagina shunday bo‘ladi.
Toshkentda yer usti metrosi qurilishi avjida
Hozirda Toshkent metropolitenining “Do‘stlik” bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan qismida “Ohangaron” bekati yo‘nalishi bo‘ylab dastlabki relslarni qo‘yish ishlari boshlab yuborildi. Ayni paytda ushbu yo‘nalishga 2 kilometrdan ortiq po‘lat izlar yotqizildi.
Jahon banki O‘zbekistondagi iqtisodiy vaziyatga baho berdi
Qarorgohi AQSH poytaxti Vashingtonda joylashgan Jahon banki o‘z hisobotida O‘zbekiston valyuta bozorini liberallashtirish, valyuta kursini unifikatsiya qilish, bozor bahosini o‘rnatish shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar uchun soliq stavkasini kamaytirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirgan.
Ularga bergan oshimiz, kiydirgan to‘nlarimiz zoye – Safoyev QALAMPIR.UZ ko‘targan muammo haqida
“Investorga nima kerak? Bir mamlakat hududiga joylashib, faoliyatini xavfsiz va kafolat bilan qurish, mahsuloti yoki xizmatini bir necha yillar davomida to‘siqlarga uchramay sotish. Buning uchun esa o‘sha mamlakat “kelinglar” deb bag‘rini ochishi bilan birga, huquqiy kafolat berishi, qonunlarini ham butun dunyoga to‘g‘ri keladigan qilib qo‘yishi kerak. Bu borada O‘zbekistonda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar anchagina”. Bu QALAMPIR.UZ’da 2018 yilning oktyabr oyida e’lon qilingan maqoladan iqtibos.
Kecha, 23 avgust kuni o‘z ishini boshlagan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 21-yalpi majlisida Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev investorlarga huquqiy kafolat berish va buning uchun qonun qabul qilish kerakligi haqida gapirdi.
“Hududlarda investitsiyaviy faoliyatni yaxshilash borasida jiddiy kamchilik va muammolar mavjud. Sarmoyadorlarga birinchi navbatda qonuniy kafolat kerak. Biz ularga bergan oshimiz, kiydirgan to‘nlarimiz zoye, ularga bu narsa kerak emas. Ularga aniq qonun va imkoniyatlar kerak. Biz shuni tushunishimiz kerak”, deydi Safoyev.
Siyosatchi o‘z mamlakatining bir qismini Rossiyaga berishni taklif qildi
“Sog‘lom Serbiya” partiyasi rahbari va munitsipalitet raisi Chayetina Milan Stamatovich Serbiyaning Kosovo va Metoxiya avtonom o‘lkalarini Rossiyaga ma’lum bir davriga berishni taklif qildi. Shuningdek, Stamatovich o‘z taklifi xalqaro huquqqa to‘la mos keladi, deb hisoblaydi. Uning ta’kidlashicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp sotib olishni rejalashtirgan Daniya avtonom hududi bo‘lgan Grenlandiya mustaqil ichki siyosat olib boradi va Daniya yurisdiksiyasi ostida faqat chegaralarni himoya qilish, tashqi siyosat va moliya masalalarini hal qiladi.
O‘zbekistonda ayollar va erkaklar uchun nikoh yoshi tenglashtiriladi
Bugun, 24 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisida mamlakatda erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshini 18 yosh qilib belgilashni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
O‘zbekiston hamma joyda sharmanda bo‘lib yotibdi – Norboyeva
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva mamlakatdagi biror viloyat, tuman yoki shaharda fuqarolarning uyini o‘zboshimchalik bilan buzishga mahalliy hokimliklar hududdagi Ichki ishlar vazirligi xodimlarini ham jalb qilayotganiga to‘xtalib, masalaning kattalashib ketishining oldini olish uchun IIV ham o‘z xodimlaridan shikoyat kelishini kutib turmasdan odamlarning kayfiyatidan kelib chiqib chora ko‘rishi kerakligini ta’kidladi.
“IIB rahbari o‘sha hududdagi tinchlikka javobgar. Hozir O‘zbekiston hamma joyda sharmanda bo‘lib yotibdi”, dedi Tanzila Norboyeva.
LiveBarchasi