O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish 60 foizdan oshib ketdi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatida 8 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 4 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Bugunning ilk xushxabarini Farg‘ona viloyatida 8 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorning tuzalib chiqqanligi haqidagi yangilik bilan boshlaymiz. Sog‘ayganlar viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, sog‘ayib chiqqanlarning 7 nafari Turkiyadan, 1 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Ularning 4 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahridan 2 nafardan, Andijon, Namangan, Samarqand va Buxoro viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 40 yosh.

Ma’lumot uchun, Viloyatda shu paytga qadar 76 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 84 nafarga yetdi. Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1327 nafarni tashkil etmoqda. Bu mamlakatda koronavirusga chalinganlarning sog‘ayish darajasi 61,4 foizga yetdi deganidir. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirgacha mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq 2160 ta holat qayd etilgan. Bugungacha bemorlarning 10 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

184

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing